Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamida 100 ta daraxt ekkan shaxsga ekofaol fuqaro maqomi beriladi
Kamida mingta daraxt ko‘chatlari ekilishini tashkil qilgan yoki “Yashil xayriya jamg‘armasi” platformasiga kamida 100 million so‘m hadya qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga «Eko-hamkor» maqomi beriladi.
Prezidentning “Yashil makon” umumilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan, “Yashil bilet” tizimi joriy qilinadi. Bu tizim samolyot, poyezd, metro va taksi yo‘nalishlarida marshrutning karbon izini (ta’sirini) aniqlash va foydalanuvchilarga marshrutning tabiatga ta’sirini “yashil bilet” sotib olish orqali kompensatsiya qilish imkonini beradi.
Shuningdek, ishlab chiqariladigan, saqlanadigan, ichki va tashqi bozorda realizatsiya qilinadigan mahsulotlar uchun ishlab chiqarish, saqlash va logistika jarayonlaridagi karbon izi hisoblanib, xaridorga mahsulotning atrof-muhitga ta’sirini ixtiyoriy ravishda kompensatsiya qilish imkoniyati yaratiladi. “Yashil bilet” olish orqali tabiatga zarar kompensatsiyasidan tushgan mablag‘lar faqat daraxt ko‘chatlari ekish va ularni parvarishlash tadbirlariga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, “Yashil makon” umumilliy loyihasini amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shayotgan shaxslar rag‘batlantiriladi. Jumladan, kamida 100 ta daraxt ko‘chatlari ekkan shaxsga yoki daraxt ekish uchun “Yashil xayriya jamg‘armasi” platformasiga kamida 10 million so‘m hadya qilgan shaxsga ekofaol fuqaro maqomi beriladi. Kamida mingta daraxt ko‘chatlari ekilishini tashkil qilgan yoki “Yashil xayriya jamg‘armasi” platformasiga kamida 100 million so‘m hadya qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga «Eko-hamkor» maqomi beriladi.
Bunda tadbirkorlik sub’yektlari ushbu maqomdan o‘z faoliyatini reklama qilishda foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Ellik mingdan kam bo‘lmagan daraxt ko‘chatlari ekilishini ta’minlagan yoki “Yashil xayriya jamg‘armasi” platformasiga kamida 5 milliard so‘m hadya qilgan shaxslarga «Metsenat» unvoni beriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida 5 ta “yashil bog‘” va “yashil jamoat parki”ni o‘z hisobidan barpo qilgan shaxslarni “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti bilan taqdirlash ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
09:22 / 06.05.2026
Xitoy 78 milliard tup daraxt ekdi, ammo endi buning salbiy oqibatlarini ko‘rmoqda
12:23 / 09.04.2026
Yangiyo‘lda 121 ta daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
19:05 / 01.04.2026