Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda joriy ish haftasida harorat +30 darajagacha ko‘tariladi, biroq aksariyat hududlarda momaqaldiroqli yomg‘irlar va kuchli shamol kutilmoqda. Tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor. Toshkentda esa hafta o‘rtasida havo ochiq bo‘lib, harorat +29 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda ish haftasi davomida harorat asosan issiq bo‘ladi, hududlarda momaqaldiroqli yomg‘irlar kuzatiladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Dushanba kuni kunduzi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida va kunning ikkinchi yarmida markaziy va janubiy viloyatlar bo‘yicha ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +20…+25 daraja iliq bo‘ladi.
31 mart va 1 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati +27…+30 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
2 aprelda shimoli-g‘arbiy hududlarda, cho‘l zonasida va janubiy viloyatlarda, 3 aprelda esa respublikaning ko‘p viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda. Harorat +24…+27 darajagacha, janubda +20…+22 darajagacha pasayadi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, janubda va cho‘l hududlarda 14 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat +22…+24 daraja iliq bo‘ladi.
31 mart va 1–2 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +27…+29 daraja iliq bo‘ladi.
3 aprelda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat +24…+27 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Mavzuga oid
14:44
O‘zbekistonning 9 hududiga sel kelishi kutilmoqda
11:10 / 27.03.2026
Hafta oxirida ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
14:37 / 24.03.2026
Hafta davomida harorat +30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
08:25 / 21.03.2026