O‘zbekiston | 08:59
1235
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 166-mamlakat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Lesoto o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolanib, Lesoto Qirolligi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 166-mamlakatga aylandi.

Foto: “Dunyo” AA

2026 yil 27 mart kuni imzolangan mazkur hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Lesotoning BMTdagi missiyasi rahbari Matete Nena tasdiqladi.

Imzolash marosimi doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatda xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasida hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, ayniqsa, siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni belgilab olishga kelishildi.

Qayd etilishicha, ushbu hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Afrika qit’asi davlatlari bilan har tomonlama hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam hisoblanadi.

2025 yil sentabr oyida O‘zbekiston Palau davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan bo‘lib, u mamlakat O‘zbekistonning 165-diplomatik hamkoriga aylangan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid