Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Google va Apple obektlariga zarba berishni va’da qildi
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) yirik texnologiya kompaniyalarini Eronga qarshi «terrorchilik operatsiyalarida» ishtirok etganlikda ayblab, zarbalar bilan tahdid qildi.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) AQSh va u bilan bog‘liq bir qator kompaniyalarga zarba yo‘llashga va’da berib, ularni Eronga qarshi «terrorchilik operatsiyalarida» ishtirok etganlikda aybladi.
Xabarda aytilishicha, AQSh axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasidagi kompaniyalari Eronga zarbalarni rejalashtirish va yo‘naltirishda ishtirok etgan.
Ro‘yxatga eng yirik texnologik korporatsiyalar va elektronika va chiplar ishlab chiqaruvchilari (Cisco, HP, Intel, Oracle, Microsoft, Apple, Google, Meta, IBM, Dell, Nvidia), Palantir tahliliy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi, JPMorgan moliyaviy guruhi, shuningdek, sanoat va aerokosmik kompaniyalar (GE va Boeing) kiritilgan. Shuningdek, Tesla, G42 (BAA) sun’iy intellekt guruhi va Spire Solution kompaniyasi ham tilga olingan.
IIQK bunday operatsiyalarda ishtirok etayotgan tashkilotlarni «qonuniy nishon» deb e’lon qildi va ularning xodimlarini ish joylarini tark etishga, ularga yaqin bo‘lgan tumanlar aholisini esa kamida 1 km masofaga chekinishga chaqirdi.
Bayonotda aytilishicha, tahdidlar Tehron vaqti bilan 1 aprel soat 20:00 dan kuchga kiradi.