Sport | 09:22
3435
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning JChdagi uchinchi guruhdoshi ham aniq bo‘ldi

O‘tish bosqichida Yamayka to‘sig‘idan o‘tgan Kongo DR endi O‘zbekiston, Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhdan joy oladi.

31 martdan 1 aprelga o‘tar kechasi JCh-2026 qit’alararo pley-off bosqichida Kongo DR milliy jamoasi Yamayka milliy jamoasi bilan qo‘shimcha yo‘llanma uchun maydonga tushdi.

Qita’lararo pley-off.
Kongo
DR – Yamayka 1:0
Gol: Tuanzebe 101.
Kongo DR – Mpasi-Nzau, Van-Bissaka, Mbemba, Tuanzebe, Masuaku, Elia, Sadiki, Moutoussami, Mbuku, Bakambu, Vissa.

Meksikada bo‘lib o‘tgan uchrashuv afrikaliklar jamoasining kichik hisobdagi ustunligi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona golni 101-daqiqada himoyachi Aksel Tuanzebe urdi va Kongo demokratik respublika jamoasini tarixda ikkinchi bor mundialga olib chiqdi. Afrika jamoasi ilk bor 1974 yilda JCh saralashidan o‘tgandi.

Tarkibida «Nyukasl» forvardi Yoan Vissa, «Vilyarreal» hujumchisi Sedrik Bakambu, «Vest Hem» himoyachisi Aaron Van-Bissaka (avval «Manchester Yunayted»da o‘ynagan), «Sanderlend» yarimhimoyachisi Noa Sadiki kabi yulduzlari bo‘lgan «leopardlar» jamoasi endi mundialda O‘zbekiston, Portugaliya va Kolumbiya bilan K guruhidan joy oladi.

AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tadigan jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanib, 19 iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 jamoa ishtirok etadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid