Foydali | 18:33
880
4 daqiqa o‘qiladi

Poliklinika yoki oilaviy shifokorni qanday o‘zgartirish mumkin

Agar siz boshqa manzilga ko‘chib o‘tgan bo‘lsangiz yoki oilaviy shifokoringizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, hisobga qo‘yilgan poliklinikangizni my.gov.uz, Dmed ilovasi orqali yoki shaxsan borib o‘zgartirishingiz mumkin.

Foto: The Kiev Times

Qachon poliklinikada hisobdan o‘tish kerak

Poliklinika ro‘yxatidan ko‘pincha quyidagi hollarda o‘tiladi:

  • Ko‘chish (yashash yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish manzili o‘zgarganida)
  • Farzand tug‘ilganida
  • Shifokor yoki poliklinika faoliyati qoniqtirmaganida

Ko‘chib o‘tganingizda yoki davolash sizni qoniqtirmayotgan bo‘lsa, poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish niyatini bildirishingiz mumkin.

Farzand tug‘ilganida u onasi hisobda turgan poliklinikaga biriktiriladi. Agar ona hech qayerda ro‘yxatda turmasa, bola onaning ro‘yxatdan o‘tgan manzili bo‘yicha poliklinikaga hisobga qo‘yiladi. Buning uchun tug‘ruqxonaga ota-ona va bola haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlar bola tug‘ilishidan oldin, bo‘lajak ona homiladorlik bo‘yicha hisobga qo‘yilganda olinadi. Shuning uchun bola tug‘ilgandan keyin poliklinikaga biriktirish ota-ona ishtirokisiz amalga oshiriladi. Ota-ona keyinchalik xohishga ko‘ra bola biriktirilgan poliklinikani almashtirishi mumkin.

Poliklinikani o‘zgartirganda nimalarni hisobga olish kerak

Poliklinikadan u sizning yashash yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan manzilingizga xizmat ko‘rsatadimi-yo‘qmi, aniqlab oling. Agar manzilingizga xizmat ko‘rsatmaydigan poliklinikani tanlasangiz, kasal bo‘lganingizda terapevtni uyga chaqira olmaysiz. Shuningdek, poliklinika quyidagilarning holatini nazorat qilish uchun tibbiy xodim jo‘natmaydi:

  • Homiladorlar
  • Keksalar
  • Chaqaloqlar
  • Surunkali kasalligi yoki nogironligi bor bemorlar

Poliklinikani o‘zgartirish

Poliklinika va oilaviy shifokorni quyidagi yo‘llar orqali o‘zgartirish mumkin:

Agar poliklinikaga borsangiz, sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat.
  • Agar farzandning shifokori yoki poliklinikasi o‘zgartiriladigan bo‘lsa, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi.

Poliklinika o‘zgartirilganidan so‘ng avvalgisi bilan shartnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.

my.gov.uz orqali poliklinikani o‘zgartirish

my.gov.uz ga kirib, «Jismoniy shaxslarni oilaviy poliklinikalarga hisobga qo‘yish» xizmatini tanlang. Ariza beruvchi grafasida o‘zingizning yoki farzandingizning ismini tanlang.

«Jismoniy shaxslarni oilaviy poliklinikalarga hisobga qo‘yish» xizmati

Agar hisobda tursangiz, shifokoringiz va poliklinika to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rasiz.

my.gov.uz da biriktirilgan poliklinika va shifokorni ko‘rish

Viloyat, tuman, davolanishni xohlayotgan poliklinika raqami va shifokor ism-sharifini kiriting. Shartnomani tasdiqlang va Shifokorni qo‘shishni tanlang.

Dmed ilovasida poliklinikani o‘zgartirish

Dmed ilovasini o‘rnating va oching. Bosh sahifada poliklinikangizni toping va O‘zgartirishni bosing. Shartnoma shartlarini qabul qiling va pin-kodni qayta kiriting. So‘ngra yangi poliklinikani tanlang. Uni qidiruv yordamida yoki viloyatlar va hududlar bo‘yicha filtr orqali topish mumkin. Shifokoringizni tanlang va o‘zgarishlarni tasdiqlang.

Dmed ilovasida poliklinika va shifokorni o‘zgartirish

Ilovada farzandingizning poliklinikasini ham o‘zgartirishingiz mumkin.

Yakun

  • Manzilingiz o‘zgarganida biriktirilgan poliklinikangizni o‘zgartiring.
  • Poliklinika tanlash shifokorni uyga chaqirish imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
  • Poliklinika va shifokorni o‘zgartirishdan oldin ular sizning manzilingiz bo‘yicha xizmat ko‘rsatishiga ishonch hosil qiling.
  • Farzand ota-ona ishtirokisiz poliklinikaga hisobga qo‘yiladi.
  • Poliklinikani my.gov.uz yoki Dmed ilovasida o‘zgartirish mumkin.
Анастасия Королева
Tayyorlagan Анастасия Королева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid