Qaçon poliklinikada hisobdan ötiş kerak

Poliklinika röyxatidan köpinça quyidagi hollarda ötiladi:

  • Köçiş (yaşaş yoki vaqtinçalik röyxatdan ötiş manzili özgarganida)
  • Farzand tuğilganida
  • Şifokor yoki poliklinika faoliyati qoniqtirmaganida

Köçib ötganingizda yoki davolaş sizni qoniqtirmayotgan bölsa, poliklinika yoki şifokorni özgartiriş niyatini bildirişingiz mumkin.

Farzand tuğilganida u onasi hisobda turgan poliklinikaga biriktiriladi. Agar ona heç qayerda röyxatda turmasa, bola onaning röyxatdan ötgan manzili böyiça poliklinikaga hisobga qöyiladi. Buning uçun tuğruqxonaga ota-ona va bola haqidagi ma’lumotlar kerak böladi. Bu ma’lumotlar bola tuğilişidan oldin, bölajak ona homiladorlik böyiça hisobga qöyilganda olinadi. Şuning uçun bola tuğilgandan keyin poliklinikaga biriktiriş ota-ona iştirokisiz amalga oşiriladi. Ota-ona keyinçalik xohişga köra bola biriktirilgan poliklinikani almaştirişi mumkin.

Poliklinikani özgartirganda nimalarni hisobga oliş kerak

Poliklinikadan u sizning yaşaş yoki vaqtinçalik röyxatdan ötgan manzilingizga xizmat körsatadimi-yöqmi, aniqlab oling. Agar manzilingizga xizmat körsatmaydigan poliklinikani tanlasangiz, kasal bölganingizda terapevtni uyga çaqira olmaysiz. Şuningdek, poliklinika quyidagilarning holatini nazorat qiliş uçun tibbiy xodim jönatmaydi:

  • Homiladorlar
  • Keksalar
  • Çaqaloqlar
  • Surunkali kasalligi yoki nogironligi bor bemorlar

Poliklinikani özgartiriş

Poliklinika va oilaviy şifokorni quyidagi yöllar orqali özgartiriş mumkin:

Agar poliklinikaga borsangiz, sizga quyidagilar kerak böladi: