Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 51 yil avvalgi qotillik DNK texnologiyasi yordamida fosh etildi
Seriyali qotil Ted Bandi 17 yoshli qizni o‘ldirgani tasdiqlandi. U 1989 yilda qatl etilgan.
Seriyali qotil Ted Bandi va Laura Enn Eymi
Yuta (AQSh) shtati ma’muriyati yangi DNK texnologiyasi tufayli, 51 yil oldin o‘ldirilgan qiz seriyali qotil Ted Bandining qurboni bo‘lganini aniqladi, shundan so‘ng, jinoyat ishini rasman yopdi. 17 yoshli Laura Enn Eymi 1974 yilda Xellouin kechasidagi ziyofatdan ketganidan keyin g‘oyib bo‘lgan, taxminan bir oy o‘tgach, uning jasadini sayyohlar Amerika-Fork qoyalaridan topgan edi.
1 aprel kuni Yuta (AQSh) okrugi sherifi idorasi yangi tahlillar «Loraning tanasidan olingan DNK Ted Bandiga tegishli ekanini rad etib bo‘lmaydigan darajada tasdiqlaganini» ma’lum qildi.
1974 yil fevralidan 1978 yil fevraligacha Bandi kamida 30 nafar ayolni o‘ldirgan. Shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab boshqa ko‘plab qotilliklar bilan bog‘liq.
Bandi 1989 yilda Floridada qatl etilishidan oldin Laurani o‘ldirganini tan oldi, ammo uning o‘limida ishtirok etganini aniqlashtirishdan yoki tasvirlashdan bosh tortdi. Shuning uchun, sherifning bayonotida aytilishicha, «sherif departamenti tergovchilar uning qotili aynan Bandi ekanini zarracha shubhasiz isbotlay olgunlariga qadar ishni ochiq qoldirishga qaror qildi».
«Bu ish rasman yopildi», dedi Yuta okrugi sherifi Mayk Smit matbuot anjumanida. Sherifning qo‘shimcha qilishicha, agar Bandi tirik bo‘lganida, unga qarshi o‘lim jazosi talab qilingan bo‘lardi.
Bandi - AQSh tarixidagi eng mashhur seriyali qotillardan biri. U o‘z jinoyatlarini mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida boshlagan va keyinchalik Kolorado, Yuta va Floridada ayollarni o‘ldirgan.
Laura Solt-Leyk-Sitida yashagan va Yuta universitetida huquqshunoslik bo‘yicha ta’lim olgan.
Sherifning bayonotida aytilishicha, Laura «faol dam olishni yaxshi ko‘radigan va ot minish, ov qilish va aka-ukalariga g‘amxo‘rlik qilishni yaxshi ko‘radigan muloqotchan, erkin qiz» sifatida eslanadi.
Ted Bandi ko‘pincha jamoat joylarida ayollarga yaqinlashib, o‘z jozibasi yoki soxta jarohatlari bilan ularning ishonchini qozongan, shundan so‘ng, xilvat joylarga olib borib, o‘ldirgan.
U birinchi marta 1975 yilda ayolni o‘g‘irlagani uchun hibsga olingan va 15 yilga qamalgan. Ammo 1977 yilda qamoqxona kutubxonasi derazasidan sakrab, qochib ketgan. Sakkiz kundan keyin u yana hibsga olindi, ammo yana qochib ketdi va 1978 yilda qo‘lga olingunga qadar qotilliklarni davom ettirdi.
Mavzuga oid
23:32 / 02.04.2026
AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqadi
23:13 / 02.04.2026
Erondagi eng katta ko‘prik AQSh va Isroil zarbasi oqibatida vayron bo‘ldi
21:19 / 02.04.2026
Eron hech qachon tajovuzkorlik yo‘lini tanlamagan – Pizishkiyon amerikaliklarga murojaat qildi
18:01 / 02.04.2026