Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil “Hizbulloh”ning “Janubiy front” qo‘mondonini o‘ldirdi
“Hizbulloh”ning “Janubiy front” qo‘mondoni Yusuf Ismoil Hoshim Bayrutning Jnax tumaniga Isroil dengiz kuchlari bergan zarba oqibatida halok bo‘ldi. Shu paytda Livan poytaxtida portlashlar sodir bo‘ldi.
Foto: Al Jadeed
Livanning “Hizbulloh” harakati harbiy rahbarlaridan biri Yusuf Ismoil Hoshim Isroilning Bayrutdagi Jnax tumaniga bergan zarbasi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda 1 aprel, chorshanba kuni AFP agentligi va Livanning Al Jadeed telekanali xabar qildi. Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida jami yetti kishi halok bo‘lgan.
Zarba paytida Hoshim “Hizbulloh” rahbarlarining sayyor chodirda o‘tayotgan yig‘ilishida ishtirok etayotgan bo‘lgan. “Hizbulloh”ga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, u “urush boshlanganidan beri nishonga olingan eng yuqori lavozimli amaldor” bo‘lgan.
Isroil mudofaa armiyasi — TSAHAL bayonotida aytilishicha, “Hizbulloh”ning “Janubiy front” qo‘mondoni Yusuf Ismoil Hoshim 31 mart kuni kechqurun Isroil dengiz kuchlari tomonidan amalga oshirilgan “aniq zarba” natijasida o‘ldirilgan.
TSAHAL vakili Avixay Adrai ta’kidlashicha, “Janubiy front” — bu “Hizbulloh”ning Isroil fuqarolariga qarshi faoliyatini amalga oshirish va Livan janubida TSAHAL kuchlariga qarshi jang harakatlarini boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmasidir. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hoshim qo‘mondon sifatida Isroil hududiga raketa va dronlar uchirishni boshqargan, shuningdek, tashkilotning harbiy salohiyatini tiklash bilan shug‘ullangan.
Bayrutda bir necha kuchli portlash ovozlari eshitilgan, Jnax tumanida esa tutun ustuni ko‘tarilgan. Mahalliy aholidan biri AFP'ga aytishicha, u tunda kuchli portlash ovozini eshitgan. Bu hududda ko‘plab majburiy ko‘chirilganlar ochiq osmon ostida tunab qolmoqda.
Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning “Hizbulloh”ga qarshi 2 martdan beri olib borayotgan urushi boshlanganidan buyon 1318 kishi halok bo‘lgan. Vazirlik talqiniga ko‘ra, qurbonlar orasida 91 ayol, 125 bola va 53 nafar tibbiyot xodimi bor. Shuningdek, idora ma’lumotiga ko‘ra, 3900 dan ortiq kishi yaralangan. Ularning qanchasi jangchi ekani esa ma’lum emas.
AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanganidan keyin, Tehron moliyalashtiradigan Livanning “Hizbulloh” guruhi Isroilga qarshi zarbalarni qayta boshladi. Bunga javoban, TSAHAL Livan janubidagi guruh obektlariga yana havo hujumlarini amalga oshira boshladi.
“Hizbulloh” 15 mart kuni Livan janubida Isroil armiyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri jang to‘qnashuvlari bo‘lganini ma’lum qildi. TSAHAL esa ushbu janglarda ikki nafar isroillik harbiy halok bo‘lganini bildirgan.
22 mart kuni TSAHAL Bosh shtabi rahbari, general-leytenant Eyal Zamir “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdagi operatsiyani kengaytirish rejalarini e’lon qildi. Jangchilarga qurol yetkazib berishni to‘xtatish maqsadida Isroil harbiylari Livan janubini mamlakat markaziy qismi bilan bog‘lab turgan Litani daryosi ustidagi ko‘prikni vayron qilgan.
Mavzuga oid
08:33 / 01.04.2026
Tramp: AQSh Eron bo‘yicha maqsadiga yetdi, hujumlar tez orada to‘xtaydi
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
08:37 / 30.03.2026
Erondagi og‘ir suv zavodi Isroil zarbasidan keyin ishdan chiqdi
23:48 / 29.03.2026