Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
2026 yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 168,2 trln so‘mni tashkil etdi. Eng yuqori o‘sish sur’ati ta’lim sohasida qayd etildi.
Foto: Freepik
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ta’lim xizmatlari 121,2 foizlik o‘sish bilan boshqa sohalar orasida yetakchi bo‘lgan. Undan keyin moliyaviy xizmatlar (120,8 foiz), savdo xizmatlari (119,8 foiz) va aloqa hamda axborotlashtirish xizmatlari (117,7 foiz) joy olgan.
Shuningdek, me’morchilik va muhandislik xizmatlari 115,9 foiz, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 115,5 foiz, yashash va ovqatlanish xizmatlari 114,9 foiz o‘sgan.
Ijara xizmatlari 112,8 foiz, kompyuter va maishiy texnika ta’miri xizmatlari 111,6 foiz, sog‘liqni saqlash xizmatlari 109,7 foiz, shaxsiy xizmatlar 109,1 foiz va transport xizmatlari 108,3 foizlik o‘sishni ko‘rsatgan.
Umuman olganda, xizmatlar bozorida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ijobiy o‘sish dinamikasi qayd etilgan.
Mavzuga oid
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
09:16 / 25.03.2026
O‘zbekistonda tibbiyot sohasida eng ko‘p korxona qaysi davlatlarga tegishli?
11:32 / 24.03.2026