Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy biologik faol qo‘shimchalarni yetkazish zanjiri fosh etildi
Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali mamlakatga olib kirilgan biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi. Hujjatsiz mahsulotlarni tashish va qabul qilish bilan bog‘liq bir necha shaxs ushlandi.
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ichki ishlar va bojxona organlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda 1977 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilib, salonda xorijda ishlab chiqarilgan, ammo tegishli hujjatlari bo‘lmagan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar borligi aniqlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ushbu mahsulotlar qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali mamlakatimizga olib kirilgan bo‘lib, Andijon viloyati hududida ularni qirg‘izistonlik egasiga topshirish rejalashtirilgan.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida biologik faol qo‘shimchalarni qabul qilib olayotgan vaqtida Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Manas shahrida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan ayol hamda u bilan birga kelgan, Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi 1982 yilda tug‘ilgan tanishi ham ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, jami 2957 dona flakondan iborat bo‘lgan “Samyun Van”, “Chernyy tmin”, “Senna Mekkanskaya”, “Mumiye Altayskoye”, “Kyst al-Xindi” nomli biologik faol qo‘shimchalarning umumiy qiymati 226 million 343 ming so‘mni tashkil qiladi.
Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 06.02.2026
Namanganda noqonuniy mehnat migratsiyasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
18:07 / 25.01.2026
Namanganda «Eshon» laqabli bezori qo‘lga olindi
11:29 / 29.10.2025
Ayubxon Kamolov Namangan shahri hokimi etib tayinlandi
12:33 / 17.10.2025