Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida portlash xavfining oldi olindi
Past Darg‘om tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida gaz sizib chiqishi holati yuzaga kelib, qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli ehtimoliy portlash va yong‘inning oldi olindi.
Foto: Videodan kadr
3 aprel kuni soat 13:45 da Past Darg‘om tumani “Oq oltin” MFY hududidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida MAN rusumli gaz tashuvchi avtomobildan sig‘imga gazni to‘kish jarayonida texnologik jarayon buzilishi oqibatida gaz sizib chiqish holati yuzaga kelgan.
Voqea joyiga qutqaruv bo‘linmalari soat 14:02 da yetib borgan va tezkor choralar ko‘rilishi natijasida soat 15:03 da gaz sizib chiqishi to‘liq bartaraf etilgan.
Mutaxassislarning professional harakatlari tufayli katta portlash va yong‘in xavfi oldi olingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Mavzuga oid
12:57 / 04.04.2026
Toshkentda yer sotuvi ortidagi firibgarlik sxemasi ochildi
19:38 / 18.03.2026
Samarqand viloyatining 4 ta tumanida jamoat yaylovlari tashkil etiladi
14:31 / 13.03.2026
Statistika: iqtisodiyoti eng tez o‘sgan hududlar ro‘yxati
21:38 / 02.03.2026