Jahon | 22:12 / 05.04.2026
3742
5 daqiqa o‘qiladi

«Artemida-2» missiyasi ekipaji Oyga sayohatdan ilk suratlarni namoyish etdi

Fazogirlar Yer va uning yo‘ldoshini, shuningdek, bir-birini kadrlarga muhrlagan.

3 aprel kuni, AQSh Sharqiy sohil vaqti bilan soat 19:49 da (Toshkent vaqti bilan 4 aprel kuni 04:49 da), «Orion» kosmik kemasi dvigatellari «translunar inʼeksiya impulsi»ni amalga oshirdi – bu kemani Yer atrofidagi orbitadan Oy sari parvoz trayektoriyasiga o‘tkazish uchun tezlanish beradigan manyovrdir. Jarayon 5 daqiqayu 55 soniya davom etdi. Shundan keyin kema Oy tomon yo‘l oldi.

Bu 1972 yilgi «Apollon-17» missiyasidan beri insoniyat Yer orbitasini qayta tark etishi bilan bog‘liq ilk holatdir.

Ekipaj tarkibidan NASA astronavtlari Rid Uayzman, Viktor Glover va Kristina Kox, shuningdek, Kanada kosmik agentligi astronavti Jyeremi Hansen o‘rin olgan.

6 aprel kuni ekipaj olti soatlik seans davomida Oy sirtini kuzatish seansini o‘tkazadi. «Artemida-2» nomini olgan missiya 10 kun davom etadi – «Orion» Oy atrofini aylanib chiqadi va shundan keyin Yerga qaytadi.

Astronavtlar Yer yo‘ldoshiga qo‘nmaydi: ularning asosiy vazifasi – kosmik kemaning boshqaruv tizimlarini sinovdan o‘tkazish va barchasi uzoq koinot sharoitida ishlashiga ishonch hosil qilishdan iborat. 

Ekipaj allaqachon Yer va Oyning «Orion» bortida turib olingan ilk suratlari bilan bo‘lishdi, shuningdek, kosmik kemada kunlar qanday o‘tayotganini namoyish etishdi. Quyida mazkur kadrlar keltiriladi.

NASA astronavti Kristina Kox (chapda) va Kanada kosmik agentligi (CSA) astronavti Jyeremi Hansen (o‘ngda) «Orion» bortida. 3 aprel kuni ular va «Artemida» missiyasidagi ikki hamkasbi Yer va Oy o‘rtasidagi yo‘lning yarmini bosib o‘tishdi. «Siz hozir Yerga qaraganda Oyga yaqinroqsiz», – deya ularga xabar yo‘llagan Parvozni boshqarish markazi AQSh Sharqiy sohil vaqti bilan soat 23:00 da
NASA / AFP / Scanpix / LETA
1972 yilgi «Apollon-17» missiyasidan beri ilk bor AQShning Oyga uchirgan missiyasi bo‘lgan «Artemida-2» ekipaji tomonidan olingan Oy surati
NASA / AFP / Scanpix / LETA
Missiyaning ikkinchi kunida kema quyosh batareyalaridan biriga o‘rnatilgan kamerada olingan «Orion»ning bir qismi surati
NASA / AFP / Scanpix / LETA
«Artemida-2» missiyasi ekipaji chapdan o‘ngga: kanadalik astronavt Jyeremi Hansen, missiya komandiri Rid Uaysmen, astronavtlar Kristina Kox va Viktor Glover 2 aprel kungi videokonferensiya chog‘ida
NASA
Astronavtlar Viktor Glover (NASA), Jyeremi Hansen (CSA) va Rid Uaysmen (NASA) «Orion» bortida. Parvozdagi fotosuratlar Nikon D5 kameralari orqali olingan – ular kosmos sharoitidagi radiatsiya ta’siriga chidamli
NASA
NASA to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyasi videoyozuvidan skrinshot. 3 aprel kuni Yer va Oy o‘rtasidagi masofani bosib o‘tish vaqtida Jyeremi Hansen tushlik qilmoqda, Kristina Kox ish bilan band
NASA / AFP / Scanpix / LETA
Yerning Rid Uaysmen tomonidan olingan surati
Reid Wiseman / NASA / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
«Orion»ning bir qismi Oy fonida. Bu kadr kemaning quyosh batareyalaridan biriga o‘rnatilgan kamerada olingan.​​​​​
NASA / AFP / Scanpix / LETA
NASA videotranslatsiyasidan skrinshot. Missiya AQSh Sharqiy sohil vaqti bilan 1 aprel kuni soat 18:35 da start oldi (Toshkent vaqti bilan 2 aprel kuni soat 03:35). SLS (Space Launch System) raketa tashuvchisining asosiy bosqichi kemaning SRB (Solid Rocket Boosters) yon tezlatgichlari bilan birga startdan taxminan 8 daqiqa o‘tgach ajralib chiqdi.
NASA
«Orion»ni orbitaga olib chiqqan Space Launch System (SLS) raketa-tashuvchisining Florida kosmodromidan uchirilishi
Bill Ingalls / NASA / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid