Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?
Haftaning birinchi qismida haroratning sezilarli pasayishi va ayrim hududlarda haddan tashqari ko‘p yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov haftadagi ob-havo kutilmalari bilan Kun.uz'ning jonli efirida tanishtiradi.
Foto: Kun.uz
Hafta o‘rtalaridan esa harorat asta-sekin ko‘tarilib borib, 9-10 aprel kunlari janubiy viloyatlarda harorat maksimumlari hatto +30 darajagacha ko‘tarilishi oydinlashmoqda. Ammo, hafta boshlarida kunduz kunlari harorati nari borsa +15 daraja atrofida bo‘ladi.
Joriy hafta o‘tmish aprel oyi boshlaridan biroz salqin bo‘lishi oydinlashmoqda. Faqatgina tog‘lardagina harorat nol darajagacha yaqinlashib, qor yog‘ib yuborishi mumkin. Boshqa hududlarda hozircha nabotot olamini sovuq urishi xavfi yo‘q.
Haftaning dam olish kunlari navbatdagi nam havo oqimlari mintaqaga sel-suv toshqinlarini keltirib chiqaruvchi kuchga ega yana jala hodisalari bilan o‘tishi mumkin.
Joriy hafta Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax kabi viloyatlarda juda ko‘p yog‘ingarchiliklar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.