Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat idoralarida ortiqcha maydonlar qisqartiriladi
O‘zbekistonda davlat idoralari tasarrufidagi maydonlardan samarali foydalanish maqsadida bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha maydonni 27 kvadrat metrdan 12–15 kvadrat metrgacha qisqartirish taklif etildi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirishga doir takliflar taqdimoti chog‘ida ma’lum qilindi.

Taqdimotda hududlarda davlat mulkidan oqilona foydalanish, bo‘sh turgan maydonlarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan davlat ko‘chmas mulki obektlarini bosqichma-bosqich yagona boshqaruv tizimiga o‘tkazish taklifi ham ilgari surildi.

Qayd etilishicha, mazkur choralar orqali 4,9 million kvadrat metr maydonni iqtisodiy aylanmaga kiritish, bo‘sh binolarni savdo va ijaraga chiqarish, shuningdek, saqlash va kommunal xarajatlarni qisqartirish imkoniyati yaratiladi.
Mavzuga oid
12:35 / 04.06.2026
Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi
17:27 / 02.06.2026
Farg‘onadagi Uzsungwoo korxonasining 50 foizlik davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi
11:37 / 28.05.2026
“UzChasys” zavodidagi 70 foizlik davlat ulushi qariyb 333 mlrd so‘mga sotildi
20:45 / 15.05.2026