Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi minalar joylashuvi sxemasini e’lon qildi
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalar ekipajini minalar bo‘lishi mumkinligi sababli IIQK harbiy-dengiz kuchlari bilan harakatni muvofiqlashtirishga chaqirdi.
Foto: Getty images
Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) harbiy-dengiz kuchlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish yo‘nalishlarini joriy etdi.
IIQK Fors ko‘rfazi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi harbiy holat, shuningdek, asosiy harakat zonasida suzuvchi minalarning ehtimoliy mavjudligi tufayli bo‘g‘ozdan o‘tishni rejalashtirayotgan barcha kemalar, IIQK harbiy-dengiz kuchlari bilan muvofiqlashtirilgandan so‘ng, keyingi bildirishnomaga qadar bo‘g‘ozdan o‘tish uchun muqobil yo‘nalishlardan foydalanishi kerakligini e’lon qildi.
Kirish yo‘nalishi: O‘mon dengizidan Lark orolining shimoliga, so‘ngra Fors ko‘rfaziga yo‘lni davom ettirish.
Chiqish yo‘nalishi: Fors ko‘rfazidan Lark orolidan janubga o‘tish va O‘mon dengiziga yo‘lni davom ettirish.
AQSh va Isroil operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini blokadaga olganini e’lon qildi. Eskalatsiyadan oldin jahon neft, kondensat va neft mahsulotlarining 15-20 foizi, shuningdek, suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishning 30 foizdan ortig‘i shu bo‘g‘oz orqali o‘tgan. Mart oyida Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya kabi 30 dan ortiq davlat bo‘g‘ozdan xavfsiz o‘tishni ta’minlashda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.
8 aprelga o‘tar kechasi AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulh e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, Vashington sulhga rozi bo‘lgan, chunki Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini «to‘liq, zudlik bilan va xavfsiz» ochishga tayyorligini ko‘rsatgan.
Eron portlar boshqarmasi Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalar ekipajini minalar bo‘lishi mumkinligi sababli IIQK harbiy-dengiz kuchlari bilan harakatni muvofiqlashtirishga chaqirdi.
Mavzuga oid
21:39 / 09.04.2026
AQSh–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?
20:59 / 09.04.2026
Eron TIV: Isroilning Livanga hujumlari sulhni buzish hisoblanadi
19:16 / 09.04.2026
Eronda AQSh zarbalari boshlanganidan beri halok bo‘lganlar soni ma’lum qilindi
19:10 / 09.04.2026