O‘zbekiston | 10:03 / 09.04.2026
1461
1 daqiqa o‘qiladi

Umid Shodiyev O‘zbekistonning BAAdagi elchisi bo‘ldi

Umid Shodiyev O‘zbekistonning BAAdagi elchisi bo‘ldi. Bungacha u Turizm qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelgan, uning o‘rniga esa BAAdagi sobiq elchi Abdulaziz Oqqulov tayinlangan.

Foto: Senat

Umid Rustamovich Shodiyev O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Shodiyev 2018 yil avgustidan O‘zbekiston YuNeSKO huzuridagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.

2023 yil iyuldan 2025 yil dekabriga qadar Turizm qo‘mitasiga rahbarlik qilgan.

2025 yil dekabrida Turizm qo‘mitasiga 2022 yildan buyon O‘zbekistonning BAAdagi elchisi sifatida ishlagan Abdulaziz Oqqulov tayinlangandi.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid