Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida yog‘ingarchilik kutilmayapti
Shanba-yakshanba kunlari O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +8…+13, kunduz kunlari +20…+25 daraja bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Juma kunduzi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
11–12 aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Harorat kechalari +8…+13, kunduz kunlari +20…+25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida shahrida 10–12 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Harorat kechalari +11…+13, kunduz kunlari +23…+25 daraja bo‘ladi.