Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zargarlarga QQSning 80 foizi qaytariladi
Hukumat qaroriga muvofiq, zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga 2026 yil 1 yanvardan boshlab to‘langan QQSning 80 foizi respublika budjetidan qaytariladi.
Ushbu vaqtinchalik tartib 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Qayd etilishicha, tadbirkorlar soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, ammo 3 oydan kechiktirmasdan QQSning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishi mumkin. Murojaatlar avtomatlashtirilgan dastur orqali ko‘rib chiqiladi.
QQSni qaytarish quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshiriladi: soliq o‘z vaqtida to‘liq to‘langan bo‘lishi, tushumning kamida 80 foizi zargarlik mahsulotlaridan shakllangan bo‘lishi hamda hisob-faktura va cheklarda tegishli identifikatsiya kodlari aks ettirilgan bo‘lishi lozim.
Shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar uchun soliq bazasi mahsulot narxi va uning tarkibidagi qimmatbaho metallar hamda toshlar qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq asosida aniqlanadi.
Mavzuga oid
18:49 / 06.06.2026
“6 foizlik QQSga avtomatik o‘tilmaydi” - yangi soliq tartibotiga ekspertlar sharhi
14:11 / 03.06.2026
QQS chegarasi 5 mlrd so‘m bo‘ldi. Erkinlashgan biznes nima demoqda?
12:40 / 30.05.2026
Kichik biznesga keng ko‘lamli soliq erkinliklari e’lon qilindi (batafsil)
10:34 / 29.05.2026