Prezident farmoni bilan QQSga ötiş mezoni qariyb 5 mlrd sömga yetkazilib, BHMga boğlandi; savdo, xizmat körsatiş va umumiy ovqatlaniş sohalari uçun QQSning sodda şakli joriy etildi. Şu munosabat bilan Savdo-sanoat palatasi ötkazgan “Biznes uçun yangi imkoniyatlar” forumi 400 dan ziyod tadbirkorni qamrab oldi. Ular Kun.uz bilan suhbatda farmondagi yangiliklardan mamnun ekanini bildirdi.
Farmondagi takliflar Savdo-sanoat palatasi hamda Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşi tomonidan ilgari surilgan.
Kengaş a’zosi, soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonovning aytişiça, QQS tölaşga ötişdagi 1 mlrd sömlik çegaraning kengayişi biznesni “oq”da işlaşiga stimul beradi.

Soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonovning aytişiça, bu takliflar Prezident huzuridagi Kengaş tomonidan bildirilgan. Mutaxassisning tuşuntirişiça, 1 mlrdlik çegaraning özgarişi biznes “oq”da işlaşiga stimul beradi.
“Biznes qörqmasdan oqqa öta oladi, çunki 1 milliardlik çegara 5 milliardga oşirildi, bu budjet tuşumlari ham beş baravar oşişiga sabab bölişi mumkin. Nafaqat budjet tuşumi, oldin kiçkinagina biznes bilan çeklanayotgan odam endi 5 milliardgaça biznesini bemalol kengaytira oladi.
Yana bir qadam – qöşilgan qiymat soliğining 6 foizlik soddalaştirilgan mexanizmining joriy qilinişi. Tasavvur qiling, 4 foiz tölab turgan odam oldingi rejimda 1 milliarddan keyin 12 foizga ötib ketişi kerak edi. Hozir endi 5 milliardgaça 4 foizda turadi. 5 milliarddan keyin 12 foizga ötadimi desa, yöq, endi 6 foizga ötişga haqqi bor. Ya’ni, oğirlik qilmasdan, bosqiçma-bosqiç biznesni kengaytiriş imkoniyati paydo böladi. Bu esa tadbirkorlarning juda köpçiligini oqqa kirişiga sabab böladi deb öylaymiz”, – deydi u.

Muhammadjonov umumiy ovqatlaniş korxonalaridagi xodimlar mehnatini rasmiylaştiriş imkoniyati paydo bölganini ham e’tirof etdi.
“Kafe-restoranda xodim kelib, bir hafta işlaydi-yu, keyin ketib qoladi, şu sabab köpçilik ular bilan mehnat şartnomasi tuza olmasdi. Hozir mana aynan mehnat şartnomasi tuzilişini soddalaştiriş mexanizmi joriy qilinişi köp mehnat munosabatlarini tartibga solişda katta rol öynab beradi, Xudo xohlasa. Bu – iş beruvçilarning ham, xodimlarning ham huquqiy himoyasiga xizmat qiladi”, – dedi mutaxassis.














