Özbekistonda kiçik biznes uçun soliq yuki va ma’murçiligi sezilarli yengillaşdi. Tadbirkorlarning xohiş-istaklaridan kelib çiqib, QQS va foyda soliği tölovçisiga aylaniş mezoni 5 mlrd sömgaça oşirildi. Savdo, servis va umumiy ovqatlaniş sohalari uçun soddalaştirilgan, 6 foizlik ixtiyoriy QQS rejimi joriy etildi.
Xöş, bu yangiliklar amalda nimani anglatadi? Kun.uz yangi tartibot böyiça biznesni qiziqtirayotgan savollarga soliq maslahatçilari Murod Muhammadjonov va Umidbek Safarovdan javob oldi.
– 5 milliard sömgaça bölgan yangi çegaradan kimlar foydalanişi mumkin? Yillik aylanmasi 5 milliard sömgaça bölgan biznes bu yangiliklar borasida nimalarni bilişi kerak?
Murod Muhammadjonov: 5 milliardgaça degan narsaga oldin kiçkinagina bir aniqlik kiritib ketsak. Bong urilib, hamma joyda 5 milliard deyilyapti. Ertaga, hurmatli tadbirkorlar, 5 milliardgaça qilib qöymanglar, çunki farmonda yozilgan çegara – 12 ming BHM. Bu – 4 milliard 944 million sömni taşkil qiladi. Şuning uçun ham bu narsaga alohida urğu beryapmiz.
Şu kunga qadar 1 milliardgaça bölgan aylanmaga ega, aylanmadan olinadigan soliq tölovçilarining barçasi uçun endi qöşilgan qiymat soliğiga ötiş çegarasi 4 milliard 944 mln, ya’ni qariyb 5 milliardgaça qilib belgilandi. Bu – aylanmadan olinadigan soliq tölovçilarning barçasiga tegişli. Hozirgi kunda işlab kelayotgan, yangi oçilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham, MÇJ, xususiy korxonalar – hammaga taalluqli. Aylanmadan olinadigan soliqda işlayman deydigan bölsa, uning çegarasi endi 1 milliard emas, 4 milliard 944 mln söm.
Endi, aynan 2026 yil haqida gapiradigan bölsak, bu yil uçun qariyb 5 milliardlik çegaraning beş oyi ötib böldi. Şu sabab 5 milliardni 12 ga bölib, qolgan oylar soniga – 7 ga köpaytirsak, joriy yil uçun QQSga ötiş çegarasi kelib çiqişi mumkin. Lekin bu – taxmin xolos, bu masalaga Soliq qömitasi aniqlik kiritişi kerak. Aniqlik kiritilmagunga qadar, AOSda qolişni istovçi tadbirkorlar 2026 yil uçun çegara 5 milliard bölmasligi mumkinligini inobatga olişlari kerak. Yilning qolgan davri – 7 oylik çegaraviy miqdor 2 mlrd 884 mln söm bölişi, 5 milliardlik mezon 2027 yildan tölaqonli amal qila boşlaşi mumkin.
– Aylanma 5 milliard sömdan oşgan taqdirda, nima sodir böladi? Umumbelgilangan soliqqa tortiş tartibiga ötiş majburiyati qaysi sanadan boşlab hisoblanadi?
















