Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Artemida-2” astronavtlari Yerga qaytdi
Oy atrofidagi “Artemida-2” parvoz missiyasini yakunlagan “Orion” kemasining to‘rt nafar astronavti Yerga qaytdi. Ular Kaliforniya sohillari yaqinidagi Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Foto: NASA
NASA'ning “Artemida-2” missiyasi doirasida Oyni aylanib chiqqan “Orion” kosmik kemasi Yerga qaytish chog‘ida shanbaga o‘tar kechasi, 11 aprel kuni, Kaliforniya shtatidagi San-Diyego shahri yaqinida Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
NASA’ning YouTube-kanalidagi qo‘nish translatsiyasini uch milliondan ziyod odam kuzatdi. Jonli efir kosmik agentlikning boshqa platformalarida ham olib borildi.
Oy missiyasi davomida insonning kosmosda Yerdan eng uzoq masofaga borishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi — astronavtlar Yerdan 407 ming kilometr uzoqlashdi. Shu tariqa ular 1970 yildagi “Apollon-13” missiyasi davomida qayd etilgan avvalgi rekordni yangiladi.
Bortda NASA astronavtlari Rid Uayzman, Viktor Glover va Kristina Kuk, shuningdek, Kanada kosmik agentligi astronavti Jyeremi Hansen bo‘lgan “Orion” kemasi AQShning sharqiy sohilidan 1 aprel kuni parvozni boshlagan edi. Besh kundan so‘ng, 6 aprel oqshomida, “Artemida-2” ekipaji Oy kuzatuvi bosqichini yakunlab, Yerga qaytishni boshlagan.
Jumladan, missiya ishtirokchilari avtonom tarzda olti kungacha nafas olish imkonini beradigan yangi skafandrlarni ham sinovdan o‘tkazdi.
Mavzuga oid
21:50 / 07.04.2026
Tarixiy missiya: astronavtlar rekord masofaga uchib borishdi, Oyni aylanib o‘tishdi va narigi tomondan surat olishdi
08:47 / 07.04.2026
“Orion” kemasi Yerdan 407 ming kilometr uzoqlashdi
02:02 / 31.01.2025
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan yana ochiq kosmosga chiqdi
22:21 / 20.11.2024