Amerikalik astronavtlar oçiq kosmosdagi bir neça soatlik işlardan keyin Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bortiga qaytdi, deb xabar beradi NASA.

Stansiya komandiri Sunita Uilyams va bortmuhandis Butç Uilmor soat 07:43 da Quest şlyuzi orqali kosmik vakuumga çiqqan. Ular 5,5 soat davomida texnik işlarni olib borgan. Bu vaqt davomida astronavtlar radioantenna tugunini demontaj qilgan va stansiya korpusida mikroblar qidiriş bilan şuğullangan.

16 yanvar kuni ham uşbu astronavtlar bir neça soatga oçiq kosmosga çiqib, astrofizik uskunalarga xizmat körsatgan edi.

Xalqaro kosmik stansiyada hozirda yetti kişidan iborat ekipaj faoliyat yuritmoqda — «Roskosmos» kosmonavtlari Aleksey Ovçinin, Ivan Vagner va Aleksandr Gorbunov, NASA astronavtlari Nik Xeyg, Donald Pettit, Butç Uilmor va Sunita Uilyams.

Eslatib ötamiz, XKS bortidagi amerikalik astronavtlar Treysi Dayson va Mettyu Dominik 13 iyunda kosmik vakuumga çiqişi kerak bölgan, ammo skafandr bilan boğliq muammolar tufayli jarayon bekor qilingan edi. 24 iyunda astronavtlar oçiq kosmosga 31 daqiqaga çiqqan va Dayson skafandridagi sovitiş konturidan suv oqqani sabab stansiyaga qaytişga majbur bölgandi.