Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
Foto: KUN.UZ
Qayd etilishicha, yangi svetoforlar maxsus datchiklar orqali mashinalar oqimini «ko‘radi». Agar bir yo‘nalish bo‘sh bo‘lsa, u yashil chiroqni behuda yondirib turmaydi, balki tirbandlik yuzaga kelgan tomonga tezroq yo‘l beradi. Tizim yaqinlashayotgan avtobusni taniydi va uning jadvaldan kechikmasligi uchun yashil chiroq vaqtini avtomatik uzaytirib berishi mumkin.
Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi poytaxtda svetoforlarning keng ko‘lamda almashtirilayotgani bo‘yicha izoh berdi.
Markazning ma’lum qilishicha, Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda.
“Bu tizim har bir chorrahani shunchaki «to‘xtash va harakatlanish joyi» emas, balki vaziyatni tahlil qilib, oqimni aqlli boshqaradigan markazga aylantiradi.
Svetofor maxsus datchiklar orqali mashinalar oqimini «ko‘radi». Agar bir yo‘nalish bo‘sh bo‘lsa, u yashil chiroqni behuda yondirib turmaydi, balki tirbandlik yuzaga kelgan tomonga tezroq yo‘l beradi.
Tizim yaqinlashayotgan avtobusni taniydi va uning jadvaldan kechikmasligi uchun yashil chiroq vaqtini avtomatik uzaytirib berishi mumkin”, deyiladi markaz izohida.
Markaz eski simyog‘ochlarni qoldirish texnik jihatdan imkonsiz ekanligining sabablarini ham ko‘rsatib o‘tgan.
Qayd etilishicha, yangi standartlarga ko‘ra, barcha kabellar (quvvat va markaziy boshqaruv bilan bog‘lovchi optik tolali aloqa) yer ostidan o‘tkaziladi. Eski ustunlar shamol, yog‘ingarchilik va kutilmagan uzilishlardan himoyalangan bunday «yashirin» tizim uchun moslashtirilmagan.
Svetoforlardagi transport oqimini o‘lchovchi datchiklar va videoanalitika kameralari aniq ishlashi uchun ustundagi tebranishlar minimal bo‘lishi shart. Yangi tayanchlar zaruriy mustahkamlikka ega bo‘lib, eski ustunlardagi tebranishlar tufayli ma’lumotlarni o‘qishda yuzaga keladigan xatolarni bartaraf etadi.
Yangi ruxlangan (sinklangan) tayanchlar zanglamaydi va har yili bo‘yashni talab qilmaydi.
“Asosiy maqsad — boshqaruvni qo‘lda tartibga solishdan butunlay avtomatlashtirilgan tizimga o‘tishdir. Biz shunchaki eski temirlarni yangisiga almashtirmayapmiz — biz Toshkent transport tizimini «qo‘lda» boshqaruvdan raqamli tizimga o‘tkazmoqdamiz. Bu murakkab loyiha bo‘lib, uni eski infratuzilma bazasida amalga oshirish mutlaqo imkonsiz”, deyiladi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi izohida.
Mavzuga oid
02:32 / 05.04.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi
12:57 / 04.04.2026
Toshkentda yer sotuvi ortidagi firibgarlik sxemasi ochildi
13:27 / 29.03.2026
Toshkentda tunda poyga uyushtirgan haydovchilar qamaldi
09:16 / 27.03.2026