Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron beshta arab davlatidan tovon puli to‘lanishiga erishmoqchi
Gap Bahrayn, Iordaniya, Qatar, BAA va Saudiya Arabistoni haqida ketmoqda.
Foto: The New York Times
Eron BMTga Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniyadan «Eronga qarshi AQSh-Isroil urushidagi ishtiroki uchun» tovon to‘lash talabini yubordi. Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy ma’lum qildi.
«Ushbu besh davlat Eron oldidagi xalqaro majburiyatlarini buzdi va xalqaro huquqqa muvofiq, ular Eronga yetkazilgan zararni to‘liq qoplashi, jumladan, ularning xalqaro qonunbuzarliklari oqibatida kelib chiqqan barcha moddiy va ma’naviy zararlar uchun kompensatsiya to‘lashi kerak», dedi diplomat.
U kompensatsiya miqdorini ma’lum qilmadi.
Mart oyida Eronning doimiy vakili BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga maktub yo‘llab, unda Yaqin Sharqning bir qancha davlatlarini o‘z hududlaridan Amerikaning Eronga hujumlari uchun foydalanishga ruxsat berganlikda ayblagan edi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, AQSh va Isroil zarbalaridan Eronga yetkazilgan zarar taxminan 270 milliard dollarga yetadi, dedi Eron hukumati rasmiy vakili Fotima Muhojironiy «RIA Novosti»ga bergan intervyusida.
Uning aniqlik kiritishicha, gap hozircha «dastlabki va juda taxminiy hisob-kitoblar» haqida ketmoqda: aniqroq ma’lumotlar keyinroq, ko‘p bosqichli baholashdan so‘ng taqdim etiladi. Birinchi bosqichda bevosita infratuzilma va binolarga yetkazilgan zararni aniqlash, so‘ngra budjet daromadlarining yo‘qotilishi va sanoat korxonalarining to‘xtab qolishi oqibatlarini baholash rejalashtirilgan.
Shuningdek, hukumat vakili Eron muzokaralar guruhi AQSh tomonidan ehtimoliy harbiy tovon to‘lash masalasini muhokama qilayotganini ta’kidladi. Bu mavzu, xususan, o‘tgan hafta Islomobodda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ko‘tarilgan edi.
10 aprel kuni The Jerusalem Post (JP) gazetasi razvedka hamjamiyatidagi manbalarga tayanib, AQSh va Isroil bilan olti haftalik urushda Eronga 140-145 milliard dollarlik iqtisodiy zarar yetkazilganini xabar qildi.
Mavzuga oid
23:02 / 14.04.2026
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnov tiklandi
15:25 / 14.04.2026
WSJ: Saudiya AQShdan Eron bilan muzokaralarga qaytishni talab qilmoqda
10:10 / 14.04.2026
AQSh vitse-prezidenti: Eron keyingi yo‘lni o‘zi tanlaydi
08:06 / 14.04.2026