Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi litseyda otishma ro‘y berdi
Hujum qilgan shaxs shu litseyning sobiq o‘quvchisi bo‘lib, u 16 kishini yaralagan va keyin o‘z joniga qasd qilgan.
Turkiyaning Shonliurfa viloyati Siverek tumanida joylashgan kasb-hunar va texnika litseyida otishma ro‘y berdi.
Hürriyet gazetasi xabariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs litsey binosiga ov miltig‘i ko‘tarib kelgan va atrofga tartibsiz ravishda o‘t ochgan. Shonliurfa viloyati gubernatori Hasan Shildak xabar berishicha, jami 16 kishi yaralangan. Shifokorlar ikki o‘qituvchi va ikki o‘quvchining holati o‘rta darajadagi og‘irlikda ekanini qayd etishgan.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs politsiyachilar voqea joyiga yetib kelganidan keyin o‘z joniga qasd qilgan. Hujum motivlari hozircha noma’lum. Xabar qilishlaricha, ushbu 19 yoshli shaxs litseyning sobiq o‘quvchisi hisoblanadi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u binoga asosiy darvozadan kirgan va uzun stvolli quroldan ota boshlagan. «Avvaliga u o‘ngga va chapga, keyin maktabga tomon o‘t ochdi. Keyin esa ichkariga chopib ketdi. Ichkarida u yo‘lidan chiqqanga qarata o‘q uzgan», – deya hikoya qiladi Hürriyet gazetasi suhbatdoshi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026