Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayova universitetida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir necha kishi yaralandi
Fevral oyida Janubiy Karolina shtati universitetida yuz bergan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi.
Foto: AP
19 aprel kuni Ayova universitetida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar berdi shtat rasmiylari. "Otishma oqibatida jarohatlangan bir necha kishi shifoxonaga yotqizildi", deya iqtibos keltirgan AFP agentligi.
Universitet ma’muriyati esa "qurbonlar borligi" haqida ma’lum qilgan.
"Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Qurbonlar bor. Ushbu hududdan uzoqroq yurish so‘raladi", - deyiladi universitet saytida.
O‘z navbatida, Ayova-Siti politsiyasi universitet hududida "ommaviy mushtlashuv" sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgani, voqea joyiga yetib borgan politsiyachilar otishma ovozini eshitishganini bildirgan.
Fevral oyida Janubiy Karolina shtati universitetida yuz bergan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi. 2025 yil dekabrda Rod-Aylend shtatidagi Braun universitetida sodir etilgan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘lgan va to‘qqiz kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026
Turkiyadagi maktabda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni ortdi
18:05 / 15.04.2026