Jahon | 19:52 / 19.04.2026
3910
2 daqiqa o‘qiladi

Husiychilar Bob-al-Mandib bo‘g‘ozini yopish bilan tahdid qildi

Husiychilar hukumati axborot vaziri o‘rinbosari Muhammad Mansurning so‘zlariga ko‘ra, Bob-al-Mandib bo‘g‘ozining yopilishi energetik inqirozni keltirib chiqaradi va neftning bir barreli narxi 200 dollargacha ko‘tarilishiga olib keladi.

Foto: Reuters

Yamanlik husiychilar Arabiston yarimorolini Afrikadan ajratib turuvchi Bob-al-Mandib bo‘g‘ozini yopib qo‘yishga tayyor. Husiychilar shakllantirgan hukumatning tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Husayn al-Ezziy ana shunday bayonot bilan chiqdi.

"Agar Sano Bob-al-Mandib bo‘g‘ozini yopishga qaror qilsa, uni na odamlar, na jinlar ocha oladi. Shuning uchun Tramp va unga yon bosayotganlar tinchlikka to‘sqinlik qilayotgan barcha harakatlari va siyosatini zudlik bilan to‘xtatishi hamda xalqimiz va mamlakatimiz huquqlariga hurmat krsatishi lozim", - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Foto: Reuters

2 aprel kuni husiychilar hukumati axborot vaziri o‘rinbosari Muhammad Mansur "Ansar Alloh" AQSh va Isroilning Eron va Livanga nisbatan “tajovuzi kengaygan” yoki Fors ko‘rfazi mamlakatlari Eronga qarshi urushga qo‘shilgan taqdirda Bob-al-Mandib bo‘g‘ozini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bob-al-Mandib bo‘g‘ozining yopilishi energetik inqirozni keltirib chiqaradi va neftning bir barreli narxi 200 dollargacha ko‘tarilishiga olib keladi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid