O‘zbekiston | 12:22
8469
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Seshanba-payshanba kunlari O‘zbekistonning ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroqli bo‘ladi. Harorat +18…+23 darajagacha pasayadi. Jumadan yana quruq ob-havo kuzatiladi va havo harorati ko‘tarila boshlaydi.

Foto: Kun.uz

Dushanba kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati +24…+29 daraja atrofida bo‘ladi.

21–23 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat 21 aprelda kunduzi +24…+29, 22–23 aprel kunlari asta-sekin +18…+23 darajagacha pasayadi.

20–22 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

24 aprelda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yana quruq ob-havo kuzatiladi va havo harorati ko‘tarila boshlaydi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida dushanba kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Seshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati 20–21 aprelda +25…+28 daraja atrofida bo‘ladi.

22–23 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzgi harorat 22 aprelda +24…+26, 23 aprelda +20…+22 daraja bo‘ladi.

24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +25…+27 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi, 21–22 aprel kunlari 12–14 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid