Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Infografika: dunyodagi ayiqlar o‘lchami taqqoslandi
Dunyoda jami sakkiz turdagi ayiq mavjud. Yangi infografikada ularning tik turgan holatdagi o‘lchamlari taqqoslangan.
Ayiqlar — itsimonlar turkumiga mansub jonivorlardir. Ayiqsimonlar oilasi sakkizta zamonaviy turni birlashtiradi. Ular Yevrosiyo va har ikki Amerika qit’asida yashaydi.
Oq ayiq (qutb ayig‘i) ushbu oilaning eng yirik vakili hisoblanadi. U orqa oyoqlarida tik turganida bo‘yi 2,8 metrgacha yetadi. Bu ayiqning vazni 700 kilogrammgacha borishi mumkin.

Qo‘ng‘ir ayiq bo‘y jihatidan oq ayiqdan unchalik ortda qolmaydi. Ayrim individlarning bo‘yi 2,5 metrga yaqinlashadi. Uchinchi o‘rinda bo‘yi 2 metrgacha yetadigan baribal (Amerika qora ayig‘i) joylashgan.
Eng kichik tur — malay ayig‘idir. Uning uzunligi 1,5 metrdan oshmaydi, vazni esa arang 65 kilogrammga yetadi. Malay ayig‘i ayiqlarning eng kamyob turlaridan biri hisoblanadi. U Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan va zaif tur sifatida baholanadi.
Aytgancha, kichik panda katta pandadan farqli o‘laroq ayiq emas. U pandasimonlar oilasiga kiradi.
Mavzuga oid
07:33 / 18.04.2026
Infografika: AQSh davlat qarzi kimlarning qo‘lida?
07:36 / 06.04.2026
Infografika: qaysi mamlakat aholisi eng ko‘p qahva ichadi?
07:20 / 27.03.2026
Infografika: 2026 yilda dunyodagi 50 ta eng yirik iqtisodiyot
07:36 / 29.12.2025