O‘zbekiston | 14:30 / 20.04.2026
14166
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistondan kirib keladigan siklon sel va toshqinlarni olib keladi

Yog‘ingarchiliklar bu safar asosan Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyati hududlariga to‘g‘ri kelmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov haftadagi ob-havo kutilmalari bilan Kun.uz'ning jonli efirida tanishtiradi.

Hafta boshida haroratning +34 darajagacha yuqorilab ketishini Turkmaniston orqali mintaqaga kirib kelayotgan janubiy siklon ta’minlaydi va u jadal yog‘inlarni ulashishi mumkin.

22-23 aprel kunlari respublikaning aholisi zich istiqomat qiluvchi viloyatlari hamda qishloq xo‘jalik ekin maydonlari katta bo‘lgan viloyatlar ustiga qisqa vaqt ichida ko‘p miqdorda yog‘ingarchiliklar tushishi oydinlashmoqda.

Joriy hafta harorati (vodiy viloyatlaridan tashqari) ancha issiq va yog‘inlarga boy o‘tishi kutilmoqda. Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent, Surxondaryo kabi qishloq xo‘jaligi yer maydonlari tog‘ etaklarida joylashgan hududlarda ekinlarga do‘l zarar yetkazishi xavfi bor.

Шокир Шарипов
Tayyorlagan Шокир Шарипов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid