Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
Samarqandda narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli tibbiyot samaradorligini oshirish, farmatsevtika bozorini tartibga solishni takomillashtirish hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muloqotda giyohvandlikka chalingan shaxslarni davolash va reabilitatsiya qilish sohasida JSST bilan hamkorlikni mustahkamlash muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.


Xalqaro forum doirasida Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori o‘rinbosari Bo Matiasen bilan ham uchrashdi.
Muloqot chog‘ida narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Samarqand forumni doimiy faoliyat yurituvchi xalqaro muloqot maydoniga aylantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekistonning BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasiga saylanishi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.

Mavzuga oid
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
21:42 / 04.06.2026