Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
Unda «gumon qilinuvchi Durov P.V.» so‘zlari bor.
Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyadagi kvartirasiga pochta orqali tergovga chaqiruv qog‘ozi kelganini ma’lum qildi.
«Men 20 yil oldin yashagan Rossiyadagi kvartiraga «gumon qilinuvchi Durov P.V.» nomiga chaqiruv qog‘ozi kelgan. Ehtimol, meni Rossiya Konstitutsiyasining so‘z erkinligi va yozishmalar sirini saqlash huquqini kafolatlaydigan 29- va 23-moddalarini himoya etishda gumon qilishayotgandir. Aybdorligimdan faxrlanaman!», deb yozdi Durov 22 aprel kuni o‘z telegram kanalida.
Durovga bu xabarni kim yuborgani aniq emas. U telegram kanalida e’lon qilgan suratga qaraganda, bu Rossiya pochtasining buyurtma xat haqidagi bildirishnomasi. Nima uchun hujjatda faqat oluvchining familiyasi va ism-sharifining bosh harflari bilan cheklanish o‘rniga «gumon qilinuvchi» deb yozilgani noma’lum.
Fevral oyida Durov Rossiyada o‘ziga nisbatan «terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi. «O‘z xalqidan qo‘rqayotgan davlatning ayanchli manzarasi», dedi Durov bunga izoh berarkan.
Durovga nisbatan jinoiy ish tergov qilinayotgani haqida birinchi bo‘lib «Rossiyskaya gazeta» va «Komsomolskaya pravda» xabar berdi. Shu bilan birga, huquq-tartibot idoralari bu haqda rasman ma’lumot bermagan.
Pavel Durov anchadan buyon Rossiyada yashamayapti va Birlashgan Arab Amirliklarida qo‘nim topgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026