Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyuldan yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish tizimi o‘zgaradi
O‘zbekistonda yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Unga ko‘ra, suhbat savollarini oldindan e’lon qilish va ish staji talablarini qisqartirish kabi muhim o‘zgarishlar amalga oshiriladi.
2026 yil 1 iyuldan davlat xizmatiga qabul jarayonlarida yagona yondashuv joriy etiladi. Jumladan, suhbat bosqichida beriladigan savollar va topshiriqlar davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida kamida bir oy oldin e’lon qilinishi shart bo‘ladi. Bir oy oldin e’lon qilinmagan savollarni nomzodlarga berish taqiqlanadi.
Shuningdek, ichki tanlovlar o‘tkazilmaydigan lavozimlar ro‘yxati belgilanadi hamda ayrim lavozimlar uchun ish stajiga oid talablar bekor qilinadi. Boshqa ayrim holatlarda esa nomzodlar uchun ko‘pi bilan ikki yillik umumiy yoki maxsus ish staji talabi qo‘yilishi mumkin.
Bundan tashqari, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblar reyestri shakllantiriladi. Ushbu reyestrga kiritilgan kasblar bo‘yicha ta’lim olgan yoshlarning ko‘nikmalarini baholash uchun milliy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi.
Milliy sertifikat olgan ayrim toifadagi yoshlarning o‘qish va imtihon xarajatlari “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi. Xususan, bu imkoniyat ijtimoiy reyestrga kiritilgan, kambag‘al hamda kambag‘allik chegarasidagi oilalar farzandlari uchun tatbiq etiladi.
Mavzuga oid
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
13:38 / 21.05.2026