Jahon | 00:10
673
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi

Ruhiy kasallikka chalingan va og‘ir jarohat oqibatlaridan aziyat chekayotgan ayol uyidan chiqib ketgan va qaytmagan. Qutqaruvchilar yordam so‘rab qichqirayotgan ayolni jarlik tubidan topishgan. U shifoxonaga yotqizilgan va ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

AQShda balandligi 60 metr bo‘lgan jarlikdan qulagan 49 yoshli ayol tirik qoldi, deb xabar berdi ABC7

Xabarda aytilishicha, hodisa Kaliforniya shtatidagi Rancho-Kukamongada sodir bo‘lgan. Ruhiy kasallikka chalingan va og‘ir jarohat oqibatlaridan aziyat chekayotgan ayol uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. 

Oilasi uning yo‘qolgani haqida politsiyaga xabar bergach, qidiruv guruhi tashkil etilgan. Qidiruv ishlariga izquvar itlar ham jalb etilgan. 

Notekis yo‘lda yarim kilometr yurib jarlik tomon burilgan qutqaruvchilar ayolning yordam so‘rab qichqirganini eshitishgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayol tik jarlikdan qulagan bo‘lib, jarlik balandligi qariyb 60 metrni tashkil etgan. 

Og‘ir jarohatlarga qaramasdan, ayol tirik qolgan. U vertolyot yordamida evakuatsiya qilingan va shifoxonaga yotqizilgan. Ayolning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid