Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
Shu bilan birga, aviabazani «hamkorlikda boshqarish» imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, bunda obekt «faqat harbiy bo‘lmagan maqsadlarni bajaradi».
Foto: AP
Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa ma’muriyati Xmeymim aviabazasini Rossiyadan tortib olishni va uni o‘z harbiylari uchun o‘quv punktiga aylantirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi «Kommersant» nashrining Damashqdagi manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aviabazani «hamkorlikda boshqarish» imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, bunda obekt «faqat harbiy bo‘lmagan maqsadlarni bajaradi».
Manbaning ta’kidlashicha, asosan sobiq isyonchilardan iborat hozirgi Suriya armiyasi umumiy harbiy tayyorgarlikdan o‘tmagan va sohil bo‘yidagi Laziqiya viloyatidagi Xmeymim bazasi ularni tayyorlash uchun mos keladi.
Shu bilan birga, Suriya rossiyalik harbiy instruktorlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Al-Modon (Livan) gazetasining respublika Mudofaa vazirligidagi manbalari. Ularning aytishicha, bu zarur, chunki armiya asosan sovet va Rossiya ishlab chiqargan texnikalar bilan qurollangan. Ularning qo‘shimcha qilishicha, yordam, ehtimol, quruqlikdagi kuchlarni tayyorlash bilan cheklanadi - uchuvchilarni tayyorlash haqida gap ketmayapti.
Bashar Asad rejimi qulagandan so‘ng, Rossiya Suriya bazalaridan barcha qurol tizimlarini, jumladan, S-300 va S-400 havo mudofaa tizimlari, shuningdek, «Bastion» raketa tizimlarini olib chiqishga majbur bo‘ldi, shuning uchun hozir bu obektlardan strategik aviatsiyani qisqa muddatli joylashtirish uchun ham foydalanish qiyin, dedi Rossiya xalqaro ishlar kengashi eksperti Anton Mardasov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozircha Suriya Rossiya harbiylariga Xmeymimdan Afrikaga yuk tashish uchun aerodrom sifatida foydalanishga ruxsat bermoqda, ammo vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Yanvar oyida Damashq Rossiyadan Suriya Kurdistoni poytaxtidagi 2019 yildan beri mamlakat shimoli-sharqini nazorat qilish uchun asosiy forpost va kuchlarni o‘tkazish uchun logistika markazi bo‘lib xizmat qilgan Qamishli bazasidan qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilgan edi.
Mavzuga oid
10:28 / 25.04.2026
AQSh Rossiya va Eron neftiga berilgan vaqtinchalik yengillikni bekor qilmoqchi
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
23:06 / 22.04.2026