Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Hafta davomida O‘zbekistonning katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati +26…+29, janubida va cho‘l hududlarda +30…+33 darajagacha bo‘ladi. 1 mayda respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Foto: Kun.uz
Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Faqat Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda va Farg‘ona vodiysida ertaga kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Kunduzgi havo harorati +26…+29 daraja atrofida, janubida va cho‘l hududlarda +30…+33 darajagacha bo‘ladi.
29–30 aprel kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida 30 aprel kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati kunduzi +28…+33 daraja, janubda va cho‘l hududlarda +35 darajagacha bo‘ladi.
1 mayda respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli maxalliy yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
30 aprelda shimoli-g‘arbiy hududlarda, 1 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati dushanba kunduzi +26…+28 daraja, 28 aprelda +27…+29 daraja, 29−30 aprel va 1 mayda +29…+32 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +14…+17 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.