Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mujtaba Xominaiy: amerikaliklarning joyi Fors ko‘rfazining tubida
28 fevraldan beri omma oldida ko‘rinish bermagan Eron oliy rahbari Mujtaba Xominaiy mamlakat xalqiga navbatdagi murojaatni yo‘lladi.
Foto: Tasnim
U Fors ko‘rfazi milliy kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, Eron televideniyesi diktori tomonidan o‘qib eshittirildi va Xominaiyning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Bayonotda Eron yadro va raketa imkoniyatlarini «milliy boylik» sifatida himoya qilish niyati ta’kidlangan. Eron rahbari so‘zlariga ko‘ra, ular mamlakat ichida ham, tashqarisida ham yashovchi «90 million mag‘rur va olijanob eronliklar» himoyasida.
Mujtaba Fors ko‘rfazi atrofidagi voqealarga alohida to‘xtalib, uning kelajagi «amerikasiz» ekanini aytdi.
«Manfaatparastlik va yovuzlik bilan harakat qilish uchun minglab kilometr masofadan kelgan xorijliklarga Fors ko‘rfazining tubidan boshqa joy yo‘q», dedi u.
Mujtaba murojaatda Hshchrmuz bo‘g‘ozida «dushman tomonidan suiiste’mol qilinishining oldini olishga» va’da berib, Eron bo‘g‘oz orqali kemalar o‘tishi uchun to‘lov undirish qaroridan voz kechmoqchi emasligini bildirdi.
«Bo‘g‘ozning yangi boshqaruv tizimi mintaqadagi barcha mamlakatlarga farovonlik va taraqqiyot olib keladi, iqtisodiy foyda esa odamlar qalbini quvonchga to‘ldiradi», deyiladi bayonotda.
Fors ko‘rfazi milliy kuni - 1622 yilda Shoh Abbos I va Britaniya Sharqiy Hindiston kompaniyasining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan portugaliyaliklarning Ho‘rmuz orolidan quvilishi sharafiga o‘rnatilgan rasmiy bayram hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:11 / 30.04.2026
Tramp yana Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi
20:37 / 30.04.2026
Dunyodagi eng yirik aviatashuvchi kema rekord darajadagi missiyadan so‘ng uyiga qaytadi
18:11 / 30.04.2026
2025 yilda global harbiy xarajatlar rekord darajaga yetdi
15:03 / 30.04.2026