O‘zbekiston | 18:15 / 02.05.2026
2409
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning uchta tumanida issiq suv 5 kunga o‘chiriladi

Rejali o‘chirishlar sababli Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlaridagi qator mahallalarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.

Toshkent shahrida 4 maydan 8 mayga qadar «3-IM» qozonxonasi bo‘yicha issiq suv ta’minotida 5 kunlik rejali o‘chirishlar amalga oshiriladi.

Ko‘chalar: Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yo‘li, Shifonur, Ziyo, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo, Gulobod ko‘chalari.

Daha va mavzelar: Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshyog‘och, M-10, 11, 13, 14, M-26, 27, 28, B-1, B-2, B-3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Talabalar shaharchasi hamda ToshDTU hududi.

Mahallalar (tumanlar kesimida):

Shayxontohur tumani: Sarxumdon, Gulobod, Obinazir, Bog‘ko‘cha, Ilg‘or, Zafarobod, Bo‘ston, Tinchlik, Chorsu, Qoratosh, Chaqar, Yangi Kamolon, Kamolon Darvoza, Kamolon, Hadra, Gulbozor, O‘rda, Shayxontohur.

Olmazor tumani: Chustiy, Quyosh, Orzu, Allon, Ziyo, Bo‘stonobod, Istiqbol, Universitet.

Chilonzor tumani: Beshyog‘och, Katta Olmazor.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid