Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi
Poytaxt aholisi va mehmonlari avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik, shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirilmoqda.
Toshkent shahrida shamol va kuchli yog‘ingarchilik kuzatilayotgani sababli poytaxt hokimligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Hokimlikning bildirishicha, ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlar uzilishi, daraxtlar qulashi mumkin.
Hokimlik poytaxt aholisi va mehmonlarini avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik, shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.
Ta’kidlanishicha, tegishli xizmatlar to‘liq shay holatda ishlamoqda.
Favqulodda vaziyatlar yuz berganda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish aytilgan: 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.