Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
Rossiya 8-9 may kunlari, Ukraina 6 maydan boshlab vaqtinchalik sulh e’lon qildi.
Rossiya «Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba» sharafiga 8 va 9 may kunlari Ukrainadagi urush bo‘yicha sulh e’lon qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi. Qaror prezident Vladimir Putin tomonidan qabul qilingan.
«Umid qilamizki, Ukraina tomoni tashabbusimizga qo‘shiladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Shu bilan birga, vazirlik qo‘shimcha qilishicha, agar Ukraina G‘alaba kunini nishonlashga to‘sqinlik qilishga urinsa, Rossiya qo‘shinlari bunga javoban «Kiyev markaziga ommaviy raketa hujumi uyushtiradi».
O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 6 may yarim tundan boshlab sulh e’lon qildi.
«Biz inson hayoti har qanday yubiley bayramidan beqiyos darajada qadrliroq deb hisoblaymiz. Shuning uchun biz 5 maydan 6 mayga o‘tar kechasidan boshlab sulh e’lon qilamiz», deb xabar berdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev sulh shartlari bo‘yicha Rossiyadan hech qanday rasmiy so‘rov olmagan.
Mavzuga oid
11:50
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
10:10
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30
Saratov NQZdagi asosiy qurilma ishdan chiqdi - Reuters
22:47 / 09.07.2026