Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
Suvni ifloslantirganlik uchun yuridik shaxslarga to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovining 10 baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Foto: AP
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etiladi, deb xabar berdi «Huquqiy axborot» kanali.
Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etilishi belgilandi.
Unga ko‘ra, daryolarning o‘zanlarini tozalashga va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning 3 baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Suvni ifloslantirganlik, shuningdek suv obektlariga oqova suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovining 10 baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki ularga biriktirilgan hududdagi daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning 5 baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
08:07 / 05.05.2026
Niderlandiya poytaxtida go‘sht va avtomobillar reklamasi taqiqlandi
20:40 / 04.05.2026
96 ming so‘mlik harakat uchun 140 mlrd so‘m jarima - mutaxassis tadbirkorlarni bankrot holatiga olib kelayotgan markirovka jarimalari haqida
10:38 / 21.04.2026
Noqonuniy lazerli qurilmalar uchun jarima va musodara belgilandi
18:55 / 19.04.2026