Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
1 iyundan daryoning sohil bo‘yi mintaqalari hamda suvni muhofaza qilish zonalarida tabiiy gidrologik tizim va ekologik muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilish, yer ishlari va sun’iy inshootlarni barpo etish qat’iyan man etiladi.
«Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi va biologik xilma-xilligini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi.
2026 yil 1 iyundan daryoning sohil bo‘yi mintaqalari hamda suvni muhofaza qilish zonalarida tabiiy gidrologik tizim va ekologik muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilish, yer ishlari va sun’iy inshootlarni barpo etish qat’iyan man etiladi.
Bunda:
- daryo havzasi va uning irmoqlari doirasida gidrotexnik, gidromeliorativ ishlar, bino va inshootlar, gidroenergetika, suvni tartibga solish va derivatsiya inshootlarini qurish to‘liq taqiqlanadi (faoliyat yuritayotgan gidroenergetika obektlarini rekonstruksiya qilish bundan mustasno);
- daryoning davlat gidrologik tabiat yodgorligi hududida qurilish ishlari uchun yer uchastkalari ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ugom daryosining sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan obektlarning atrof-muhitga salbiy ta’siri va ekologik talablarga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan Hukumat komissiyasi tarkibi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.
Mavzuga oid
17:50 / 02.05.2026
Boysun suvlarida yana neft oqmoqda
18:48 / 30.04.2026
Ekologik nazorat kuchayadi, noyob hududlar muhofazaga olinadi: yangi choralar belgilandi
18:33 / 30.04.2026
Chiqindi poligonlari qisqaradi, qayta ishlash oshadi: yangi rejalar ma’lum qilindi
16:35 / 28.04.2026