18 iyun kuni bölib ötgan majlisda ekologik barqaror urbanizatsiyani kengaytiriş borasida amalga oşirilgan işlar muhokama qilindi. Unda keyingi yillarda aholi uçun qulay yaşaş muhitini yaratiş, uy-joy qurilişini rivojlantiriş va şaharsozlik tizimini takomillaştiriş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirilgani qayd etildi.

Ma’lum qilinişiça, quriliş sohasida tadbirkorlar uçun bir qator yengillik va imtiyozlar joriy qilinişi natijasida qurilişga ruxsat beriş bosqiçlari uç baravar, muddatlari esa tört baravar qisqartirilgan. Şuningdek, 420 ta şaharsozlik norma va qoidalari qayta körib çiqilib, 140 ta yangi normativ hujjat tasdiqlangan.

Yaratilgan şaroitlar tufayli sönggi töqqiz yilda qariyb 10 mingta yangi quriliş korxonasi faoliyat boşladi. Yillik uy-joy qurilişi hajmi esa 10 baravarga oşib, 2025 yilda 238 mingta xonadonga yetdi.

Şu bilan birga, respublika böylab “Yangi Özbekiston” massivlari loyihasi doirasida 61 ta yangi turar joy massivi barpo etildi.

Qayd etilişiça, quriliş, quriliş materiallari sanoati va unga turdoş tarmoqlarda 3,5 million nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan. Kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş maqsadida 140 trillion söm miqdorida resurslar ajratilgan.

Majlisda Farğona vodiysi viloyatlaridagi urbanizatsiya jarayonlari ham tahlil qilindi. Natijalarga köra, urbanizatsiya darajasi Namanganda 64,9 foizga, Farğonada 56,7 foizga va Andijonda 52,2 foizga yetgan.

Şuningdek, keyingi tört yilda mazkur uç viloyatda uy-joy qurilişi hajmi qariyb 2,5 baravarga oşgan, 237,6 mingta yangi iş örni yaratilgan.

Muhokamalar davomida şaharsozlik hujjatlarini takomillaştiriş, piyodalar va velosipedçilar infratuzilmasini rivojlantiriş, harakat xavfsizligini oşiriş hamda sanoat taraqqiyoti bilan ekologik barqarorlik örtasidagi muvozanatni ta’minlaş dolzarb vazifalar sifatida belgilandi.