Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xatolar tan olindimi? Peshlavha mashmashasi bo‘yicha tomonlar muloqoti
17 maydan Toshkent shahrining dizayn-kodi kuchga kiradi. Biznes-ombudsman va tadbirkorlar nazarida, bu tartib – tadbirkorlik faoliyati erkinligiga va intellektual mulk huquqiga daxl qiladi.
Rasmiylar esa buni shahar ko‘rki uchun zarurat deya izohlab, to‘pori bir shaklda olib borilgan peshlavhabuzarlik amaliyotiga chek qo‘yishga, dizayn-kodni joriy etish madaniy ko‘rinish olishiga va’da bermoqda.
Kun.uz mavzuni atroflicha muhokama qilish uchun har ikki tomonni studiyaga taklif etdi.
Suhbatda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Yodgor Ikromov, “Toshkent Invest” AJ Shaharlarni barqaror rivojlantirish boshqarmasi rahbari Rushana Hasanova, Biznes-ombudsman yetakchi inspektori Dilmurod Alimuhammedov hamda tadbirkorlar – EvaEvo kosmetika tarmog‘i direktori Bobur Tolipov va Dodo Pizza'ning O‘zbekistondagi franshizasi hamkori Dinara Islomova ishtirok etdi.
Mazkur suhbat yozib olingach, e’lon qilinishi arafasida bu muammo davlat rahbari huzurida muhokama qilingani ma’lum bo‘ldi. Rasmiy xabarga ko‘ra, peshlavhani reklama deb baholash va pasport rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi. Shuningdek, dizayn-kod talablari tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda bosqichma-bosqich joriy etiladigan bo‘ldi.
Kun.uz 2025 yildan boshlangan peshlavhalar mashmashasini batafsil yoritib keldi. Yuqoridagi suhbat ushbu mavzuning ko‘plab jihatlarini o‘zida jamlab, shahar rasmiylarining izohlarini ham o‘z ichiga olgan.
Mavzuga oid
07:58
Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat «aqlli» kameralar orqali nazorat qilinadi
07:54
«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi Toshkent – Xiva yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi
18:42 / 05.05.2026
Tadbirkorlarni qiynayotgan soliqqa oid ayrim muammolar bo‘yicha prezidentga takliflar kiritildi
17:45 / 05.05.2026