Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
Andijonda Davaktiv boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkordan sud ajrimini uning foydasiga chiqarib berish uchun 15 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. Viloyat «Hududiy elektr tarmoqlari» muhandisi esa zararni kamaytirib berish uchun 15 ming dollar so‘ragan.
Andijon viloyatida bir nechta mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkordan 15 ming dollar talab qilgan. Tadbirkor Izboskan tumanidagi davlat mulki obekti bo‘yicha shartnoma shartlarini buzganlikda ayblanib, ishi apellyatsiya bosqichida bo‘lgan.
Mutaxassis yuqori lavozimdagi tanishlari orqali sud ajrimini tadbirkor foydasiga chiqarib berishni va’da qilgan. U so‘ralgan pulni uchinchi shaxs orqali olayotganda ushlangan.
Yana bir holatda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Andijon filiali muhandisi qo‘lga olindi. U sholi quritish sexida elektrdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha hisoblangan 650 mln so‘mlik zararni 40 mln so‘mga tushirib berish evaziga tadbirkordan 15 ming dollar talab qilgan. Muhandis 10 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Viloyatdagi tumanlardan birining Kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqaroga uy-joy va dehqon xo‘jaligi uchun jami 25 sotix yer ajratib berishni va’da qilib, 3 ming dollar olgan. U yer ajratilgani haqida soxta hujjat ham taqdim etgan.

Biroq xatlov davomida yer noqonuniy berilgani aniqlanib, fuqaroga 82 mln so‘m jarima solingan. Kadastr mutasaddisi olgan pulini uchinchi shaxs orqali qaytarayotgan vaqtida fosh etildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:05
Xitoyning sobiq mudofaa vazirlari o‘lim jazosiga hukm qilindi
08:21
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
16:34 / 04.05.2026
Andijonda yuk mashinasi urib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi
08:58 / 03.05.2026