Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
Nikolya Sarkozi muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi, undan elektron braslet olib tashlanadi.
2012 yilgi saylov kampaniyasi xarajatlarini oshirib yuborgani uchun qamalgan Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilindi, deb xabar berdi RTL radiostansiyasi sud organlaridagi manbaga tayanib.
Jazoni o‘tash tartibini yumshatishni Sarkozining o‘zi so‘radi. Sud uning iltimosini 5 may kuni ma’qulladi. Sarkozi foydasiga qaror uning yoshi tufayli qabul qilindi - u 71 yoshda. Qaror 7 maydan kuchga kiradi.
Gap «Bygmalion» ishi bo‘yicha jazo haqida ketmoqda. 2012 yilda Sarkozining saylov kampaniyasiga xizmat ko‘rsatgan PR agentligi shunday nomlangan. 2021 yil kuzida siyosatchi «Bygmalion» tomonidan uning kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirishda aybdor deb topildi.
Avvaliga Sarkozi bir yillik qamoq jazosini oldi. Keyinchalik hukm yumshatildi va u elektron braslet taqish sharti bilan qo‘yib yuborildi. Endi u braslet taqmaydi, deb yozdi RTL.
Nikolya Sarkozi 2007–2012 yillarda Fransiya prezidenti lavozimida ishlagan. U mamlakatda haqiqiy qamoq jazosini olgan birinchi sobiq davlat rahbari bo‘ldi.
Mavzuga oid
13:08
O‘zbekistonda korrupsionerlar reyestri nihoyat joriy etilmoqda
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
09:10 / 21.06.2026
Mundialdagi tarixiy debyut va qaytarib beriladigan soliq – hafta dayjesti
18:20 / 17.06.2026