Özbekiston prezidenti 22 iyun kuni korrupsiya uçun javobgarlikni kuçaytirişga qaratilgan qonunni imzoladi.

Qonun bilan, korrupsiyaga oid jinoyatlar röyxati va korrupsionerlarga nisbatan joriy etiladigan çeklovlar belgilandi.

Korrupsion jinoyatlar

Jinoyat kodeksida körsatilgan quyidagi jinoyatlar korrupsiyaga oid deb hisoblanadi:

  • mansab mavqeyini suiiste’mol qiliş orqali sodir etilgan özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj (167-modda 3-qismi «d» bandi)

  • xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik (168-modda 4-qismi «g» bandi);

  • tijoratda pora evaziga oğdirib oliş (192-9-modda);

  • nodavlat tijorat taşkilotining yoki boşqa nodavlat taşkilotining xizmatçisini pora evaziga oğdirib oliş (192-10-modda);

  • nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan ğarazgöylik niyatlarida öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş (192-11-modda 2-qismi «v» bandi);

  • ğarazgöylik niyatlarida hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş (205-modda 2-qismi «v» bandi);

  • ğarazgöylik niyatlarida hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş (206-modda 2-qismi «v» bandi);

  • ğarazgöylik niyatlarida sodir etilgan hokimiyat harakatsizligi (208-modda 2-qismi);

  • ğarazgöylik niyatlarida sodir etilgan mansab soxtakorligi (209-modda 2-qismi «v» bandi