Jahon | 21:36 / 08.05.2026
4152
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi

AQSh Harbiy vazirligi osmondagi noma’lum g‘ayritabiiy hodisalarga (noma’lum uchar jism, NUJ) oid hujjatlarni e’lon qila boshladi.

161 hujjatdan iborat birinchi to‘plamning e’lon qilinishiga izoh berar ekan, Pentagon bu hodisalarni «hukumat tomonidan tushunishda misli ko‘rilmagan shaffoflikka» intilishini ta’kidladi va «amerikaliklarga ko‘rish vaqti keldi» degan fikrni bildirdi.

Birinchi paketda hujjatlarning raqamlashtirilgan nusxalari, shuningdek, fotosuratlar va videolar mavjud. Ular o‘n yillar davomida Pentagon, AQSh Davlat departamenti, FTB va NASA tomonidan to‘plangan. Fayllarni yuklab olish va chop etish mumkin.

Axios nashrining ta’kidlashicha, maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlarda hech qanday «yashil odamchalar» va «uchar likopchalar»ning aniq tasvirlari uchramaydi.

NUJ haqidagi hujjatlar AQSh prezidenti Donald Trampning ko‘rsatmasi bilan e’lon qilinmoqda, u aprel oyida bu mavzudagi «qiziqarli» ma’lumotlarni oshkor qilishga va’da bergan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid