Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar "Qatar Airways"ga ishga olinadi
Joriy yil may–iyun oylarida aviatsiya sohasida 65 nafar nomzod tanlab olinadi va "Qatar Airways"da yuqori maoshli ishlarga joylashtiriladi.
Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi mas’ullari Doha shahrida migratsiyaga oid uchrashuvlar o‘tkazdi.
Qatar mehnat vaziri Ali bin Said bilan muloqotda ushbu mamlakat mehnat bozorida talab yuqori sohalarni (tibbiyot, turizm, aviatsiya, axborot texnologiyalari) malakaviy talablarini o‘rganish va O‘zbekistonda maqsadli tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Qatar Bandlik va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillarining O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilib, idoralararo ishchi guruh tashkil etiladi hamda tibbiyot xodimlarini Qatar standartlari asosida tayyorlash bo‘yicha maxsus ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
Qatarning davlat bandlik tashkiloti rahbari Abdulhadiy Barkan bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Qatarda ishlash istagidagi yoshlar uchun 2026 yil sentabr oyida Toshkentda 50 dan ortiq ish beruvchilar ishtirokida “O‘zbekiston — Qatar mehnat forumi” o‘tkazilishiga kelishib olindi.
Shuningdek, "Qatar Airways" vitse-prezidenti Fathi Atti bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv natijasiga ko‘ra, joriy yil may–iyun oylarida aviatsiya sohasida 65 nafar nomzod (bort kuzatuvchisi, muhandis, aeroport xodimlari) tanlab olishga va "Qatar Airways"da yuqori maoshli ishlarga joylashtirishga, kelgusida uchuvchilik, mexanika, elektrotexnika va muhandislik sohalarida 1 600 nafar oliy ma’lumotli mutaxassisni ishga jalb qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kelishildi.
Mavzuga oid
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
11:22 / 23.03.2026
Qatarda harbiy vertolyot halokati: yetti kishi vafot etdi
20:13 / 19.03.2026